Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarda birdek olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida bugun davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari oddiy odamlar bilan doimiy muloqot o‘rnatib, ularni qiynayotgan masala va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, bu orqali odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta'minlash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, xalqimiz, shu jumladan xotin-qizlar turmush darajasi va sifatini oshirish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 8-yanvar sanasida «Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorni malga oshirish maqsadida Respublikamizning barcha tuman va shaxarlaridan ischil ishlar olib borilmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi Bosh vazir qabulxonasi, "Oila" markazi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat xizmatlari markazi hamda Xalq banki bilan birgalikda xotin-qizlarni bandligini ta'minlash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish, qolaversa huquqiy savotxonligini oshirish kabi yo‘nalishlarda 6-kunlik o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarlarni muvafaqiyati yakunlagan tumandagi xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
01.04.2021
16:19