Toshkent viloyatida “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida o‘quv-seminarlarni 3-bosqichini muvaffaqiyatli yakunlandi
Xabar berik kelayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli tashkil etish, «Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor» tamoyili asosida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, «yoshlar daftar»ga kiritilgan fuqarolarni tadbirkorlik ko‘nikmalari va kasb-hunarga o‘qitish tizimini kengaytirish, shu orqali yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida, shuningdek 2021 yilning «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tamoyili asosida «Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv-kurslari Respublikamizning barcha xududlarida amalga oshirilmoqda.
Xuddi shu kabi o‘quv-kursi Toshkent viloyatida ham tashkillashtirilgan bo‘lib, navbatdagi bosqich o‘z nixoyasiga yetmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida o‘quv-seminarlarni 3-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
01.04.2021
17:27