Samarqand viloyatida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va “В2В” uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
Qozog‘iston Respublikasining “Astana diplomatik klubi” Prezidenti Saxmetov Kayirbolat Menbulatovich boshchiligida 60 ta korxonadan iborat 85 kishilik delegasiya 2021 yil 30 mart kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, 2021 yil 1 aprel kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar Markazi” binosida O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi va “В2В” formatida hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur biznes-forumda tibbiyot, farmasevtika, mashinasozlik, IT, konsalting, dizayn, oziq-ovqat, transport, logistika, ta'lim, savdo, mehmonxona, qishloq xo‘jaligi, tekstil', gilam mahsulotlari, ipakchilik, chorvachilik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda 200 nafarga yaqin mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi.
Ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida eksport-import, xorijiy investisiyalarni jalb etish, qo‘shma korxonalar ochish yuzasidan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma va memorandumlar imzolandi.
02.04.2021
11:17