O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2021 yil 5-aprel kuni “UzExpomarkaz”ning “ITC” zalida videokonferensiya shaklida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining birinichi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu videokonferesiyadan ko‘zlangan maqsad: eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, frmasevtika sohasida mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, Ishbilarmonlar kengashining O‘zbekiston tomonidan hamraisi Adham Ikramov, Investisiya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sh.Vafoev va bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Saudiya tomonidan Saudiya Arabistonining ACWA Rower kompaniyasi raisi, Ishbilarmonlar kengashining Saudiya tomonidan hamraisi Muhammad Abbunayyan,Sog‘liqni saqlash xizmati guruhining bosh direktori Doktor Sulaymon Al Habib va turli soha mutahassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov o‘z nutqida, so‘nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashganini, tashkil etilgan qo‘shma tadbirlar buning tasdig‘i ekanligini ta'kidladi.
Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan konferensiyada meva-sabzavot, chorva mollarini yetishtirish, shuningdek, O‘zbekistonda meva va sabzavotlarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash, sovutish tizimlari, mazkur yo‘nalishlarda investision loyihalarini amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida, Qishloq xo‘jaligi, farmasevtika va tekstil' sohalari mutasaddilari tomonidan taqdimotlar o‘tqazilib, mamlakatimizning investision salohiyati va mavjud imkoniyatlar namoyish etildi. Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan taqdimotlar ijobiy baholandi va bir qator taklfilar bildirildi.
Xususan qishloq xo‘jaligi va farmasevtika sohalarida keng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki mamlakat mutasaddilari tomonidan yaqin kunlarda uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni investorlari ishtirokida 14 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, ulardan 4 tasi 100% Saudiya kapitali asosida faoliyat yuritadi.
07.04.2021
12:28