«Innoprom» - O‘zbekistonda katta sanoat haftaligida bir qator kelishuvlarga erishildi.
Xabaringiz bor, 5-7 aprel kunlari O‘zbekistonda «Innoprom» - O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kuni kecha Savdo-sanoat palatasi Toshkent shaxar hududiy boshqarmasi "Деловая Россия" jamoat tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma'lumot uchun: INNOPROM sanoat ko‘rgazmasi ilk bor 2010 yil Sverdlovsk viloyatida ish boshlagan va 2011 yil Rossiya hukumati unga federal maqomini berdi. O‘tgan 11 yil davomida xalqaro maqomga erishib, ko‘pgina davlatlarning sanoat korxonalari, tadbirkorlarini birlashtirgan mazkur ko‘rgazma bu yil ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.
07.04.2021
18:32