“Yoshlar:1+1” dasturi davom etmoqda
Zangiota tumanida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishning 4-guruh bitiruvchilari olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashlari maqsadida "MOS PEKAR" MChJ da amaliyot mashg‘ulotida bo‘lishdi.
Amaliyot davomida yoshlar jamiyat tasischisidan tadbirkorlik faoliyatiga oid kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishdi.
Shuningdek, joriy yilning 8 aprel sanasida Chirchiq shahrida «Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor» tamoyili asosida «Yoshlar 1+1» dasturi doirasida ishsiz va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarining 4-guruhini muvaffaqiyatli tugatgan 18 nafar yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi UK ning Chirchiq shahar bo‘linmasi rahbari A. Xamitov, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari M. Yakubov ishtirok etishdi.
09.04.2021
16:18