“Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+): O‘zbekiston-EI munosabatlari istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2021 yil 14 aprel' kuni O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi va Yevropa Ittifoqidagi vakolatxonasi tomonidan “Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) O‘zbekiston-EI munosabatlari istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, idoralar va xo‘jalik birlashmalari vakillari hamda Yevropaning yetakchi siyosiy, tahliliy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘.Usmonov “O‘zbekiston va GSP+, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik” mavzusidagi taqdimot bilan ishtirok etdi va YeI bilan GSP+ tizimi doirasida respublikamizdan mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan hamkorlik takliflarini bildirdi.
Shunindek, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat” uyushmalari vakillari tomonidan ham tekstil' va charm-poyabzal mahsulotlarining Yevropaga eksportni kengaytirish istiqbollari to‘g‘risida ham taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida Yevropa ekspertlari tomonidan berilgan YeI davlatlariga sertifikasiya, transport hamda savdo masalalari bilan bog‘liq savollarga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan batafsil javoblar berildi.
Ma'lumot uchun: 2021 yilning 10 aprel' kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonga Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) benefisiar mamlakati maqomi berilgan.Mazkur maqom O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilinayotgan mahsulot hajmini oshirish imkonini beradi.
14.04.2021
17:18