“Global Gap” va “ISO 22000” xalqaro standartlari joriy etish bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan mahalliy eksportyorlar uchun “Global Gap” va “ISO 22000” xalqaro standartlari talablari, uni joriy etish shartlari va bosqichlari hamda bu standartlar asosida eksport qilish afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berish maqsadida joriy yilning 21 aprel' kuni soat 14:00 da “Zoom” dasturi orqali videokonferensaloqa rejimida vebinar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan, mazkur tadbirda ishtirok etish istagidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari tadbirda ishtirok etish bo‘yicha takliflarni (korxona nomi, ishlab chiqariladigan mahsulot nomi, ishtirokchining F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami) 2021 yil 21 aprel' soat 10:00 ga qadar Palataning eksportga ko‘maklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma'lumot hamda “Zoom” dasturi havolasi bo‘yicha Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi Xusanboev Yo‘ldoshaliga +99871-78-150-60-06 (ichki 1849) telefon raqami orqali bog‘lanish mumkin.
19.04.2021
18:14