Isroil ishbilarmon vakillari bilan hamkorlik qilish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investision hamkorlikni kengaytirish va respublikamizdan milliy maxsulotlar eksportini oshirish maqsadida Isroil Palatalar federatsiyasining vebsaytida “biznes imkoniyatlar” maxsus bo‘linmasi mavjudligini ma'lum qiladi.
Ushbu bo‘linmaga mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ingliz tilida eksport hamda investisiya yo‘nalishlarida tijorat takliflarini joylashtirishlari mumkin.
Shu munosabat bilan Isroil bilan savdo va investision aloqalarni kengaytirish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarini ushbu vebsaytga o‘z takliflarini joylashtirishga taklif etadi.
Tijorat takliflarini yuklash uchun havola: https://www.chamber.org.il/37679/post-your-offer/
20.04.2021
11:08