Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) to‘g‘risida
2021 yilning 10 aprel' kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonga Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) benefisiar mamlakat maqomi berilgan. Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) - bu rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarga Yevropa Ittifoqi tomonidan bir tomonlama asosda berilgan tarif imtiyozlari tizimidir. Bunda GSP+ ishtirokchisi bo‘lgan xorijiy davlat uchun o‘z mahsulotlarini Yevpropa Ittifoqi bozorigi boj to‘lovlarisiz eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Hozirda O‘zbekiston Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) doirasida 6200 dan ortiq tovarlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojxona bojsiz eksport qilish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu imtiyozdan foydalanishning muhim shartlaridan biri bu, mahsulot eksport qilayotgan davlat tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) benefisiari maqomiga ega bo‘lgan davlatlar soni O‘zbekiston bilan 9 tani tashkil etadi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasiga +998 (78) 150-60-06 (ichki 1849, 1851, 1086) telefon raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
20.04.2021
14:10