Rossiyaning Oltoy Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi
2021 yil 22 aprel' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiyaning Oltoy Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn videomuloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Oltay Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Loginova Tat'yana Viktrovna va rais o‘rinbosari Arxipov Andrey Nikolaevich hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i G‘afurjon Usmonov ishtirok etdilar.
Muloqot davomida Oltoy Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, bunda Rossiyadan chorvachilik sohasida O‘zbekistonga zotdor qoramol va qo‘ylarni yetkazib berish, shuningdek, O‘zbekistondan meva-sabzavot, quruq mevalar va tekstil' mahsulotlarini Oltoy Respublikasiga eksport qilish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Tadbir yakunida ikki tomon ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirish bo‘yicha onlayn videomuloqot tashkil etishga kelishib olindi.
SSP Matbuot xizmati
22.04.2021
14:16