• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-682-son 2021 yil 20 apreldagi yangi tahrirdagi «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunni mazmuni va mohiyati

    Qonunning maqsadi – normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e'lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Ushbu Qonunning yangi tahriri 8-bob va 60-moddadan iborat.

    Normativ-huquqiy hujjat – qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.

    Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
    vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

    Qonun bilan fuqarolarning «O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan referendum yo‘li bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi mustahkamlandi.

    Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan hujjatlar ro‘yhati kengaytirildi. Bular jumlasiga reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar («yo‘l xaritalari») va boshqa hujjatlar kiritildi.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi modda kiritildi.

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlash rejalari majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tegishli organlarning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

    Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishlab chiquvchi tomonidan ishchi guruh tashkil etiladi. Ishchi guruh tarkibiga ishlab chiqaruvchi bo‘linmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun javobgar bo‘lgan vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar ham kiritilishi mumkin.

    Ishlab chiqaruvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.

    Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekpertizasidan o‘tkazish tartib taomillar belgilandi. Mazkur ekspertiza davlat organlari va tashkilotlar tomonidan faoliyatning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

    Kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

    Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar  loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari tomonidan:
    qonun hujjatlar loyihalari – 7 ish kuni ichida;

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari - 3 ish kunida;
    vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga  - 5 ish kuni ichida;
    mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalari – 3 ish kunida viza qo‘yiladi.

    Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritish va qabul qilish to‘g‘risidagi bob kiritildi. Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga  davlat tilida kiritilishi belgilandi. Zarur bo‘lganda, uning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin. Mazkur bobga huquqiy eksperiment va tartibga solish ta'sirini baholash tartiblari ham berilgan.  

    Fukarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi

    Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.

    Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan
    axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti bilan belgilanadi.

    Mazkur uslubiyotning 102-bandining yettinchi kichik bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi masalalarga doir loyihalar majburiy tartibda kelishib olinadi.

    Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

     

    27.04.2021

    09:52

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06