Afg‘onistonning Xalqaro savdo markazi bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
2021 yil 27 aprel' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Afg‘onistonning Xalqaro savdo markazi ijrochi direktori Abdul Qodir Bahman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqotda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda ishbilarmon doiralari o‘rtasida O‘zbek-Afg‘on biznes-forumini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini kengaytirish masalalarida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
27.04.2021
13:24