Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) ga muvofiq O‘zbekistondan ayrim meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga berilgan imtiyozlar
Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) to‘g‘risida qisqacha ma'lumot
2021 yilning 10 aprel' kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekistonga Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) benefisiar mamlakat maqomi berilgan.
Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) - bu rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarga Yevropa Ittifoqi tomonidan bir tomonlama asosda berilgan tarif imtiyozlari tizimidir.
Bunda GSP+ ishtirokchisi bo‘lgan xorijiy davlat uchun o‘z mahsulotlarini Yevpropa Ittifoqi bozorigi boj to‘lovlarisiz eksport qilish imkoniyati yaratiladi.
Hozirda O‘zbekiston Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) doirasida 6200 dan ortiq tovarlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojxona bojsiz eksport qilish huquqiga ega bo‘ldi.
Ushbu imtiyozdan foydalanishning muhim shartlaridan biri - bu mahsulot eksport qilayotgan davlat tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda Yevropa Ittifoqining Preferensiyalar bosh tizimi plyus (GSP+) benefisiari maqomiga ega bo‘lgan davlatlar soni O‘zbekiston bilan 9 tani tashkil etadi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasiga +998 (78) 150-60-06 (ichki 1849, 1851, 1086) telefon raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
30.04.2021
16:50