Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida Mirobod tuman yoshlariga sertifikatlar topshirildi
Xabaringiz bor, yurtimizning barcha hududlarida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” shiori ostida o‘quv kurslari tashkil etilib kelinmoqda. Unda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va o‘z biznes g‘oyasiga ega bo‘lgan tashabbuskor yigit-qizlarga malakali mutaxassislar tomonidan “Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatini boshlash” yo‘nalishi bo‘yicha zarur bilimlar berib kelinmoqda. Shuningdek, o‘quv seminarlar davomida ishtirokchilar o‘z korxonalarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va boshqa masalalarni joyda xal etib kelishmoqda. Bu bilan ular avvalgidek “ish izlovchi” emas, balki “ish beruvchi” maqomiga ega bo‘lishiga katta imkoniyatdir.
Xuddi shu kabi tadbir poytaxtimizning Mirobod tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar boshqarmasi va Mirobod tuman hokimligi bilan birgalikda boshqa hamkor idoralar tomonidan "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida Yoshlar: 1+1 dasturi doirasida tumandagi ishsiz va uyushmagan yoshlar beshinchi mavsumi bo‘yicha tadbirkorlik kurslariga o‘qitildi. Ushbu loyiha asosida o‘quv kurslarini bitirgan yoshlarga sertifikat topshirildi.
03.05.2021
11:42