"Savdo uylari, Markaziy Osiyoda ziravorlar va qo‘shimcha ta'm beruvchi vositalar savdosi tarixi" mavzusida seminar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 aprel', PQ-4670-sonli qaroriga ko‘ra Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 30 iyun' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi “Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan hamkorlikda Savdo-sanoat palatasi Zangiota tumani hududiy boshqarmasi huzurida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholiga "Cavdo uylari, Markaziy Osiyoda ziravorlar va qo‘shimcha ta'm beruvchi vositalar savdosi tarixi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarga Savdo-sanoat palatasining barcha hududiy boshqarmalari huzuridagi o‘quv markazida tahsil olayotgan yoshlar onlayn ishtirok etishdi.
Buyuk ipak yo‘lida dorivor va ziravor o‘simliklar savdosi tarixi tadqiqodchisi Karimova Nargiza Ikramovna olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha ma'ruza bilan qatnashdilar.
Seminarda dorivor va ziravorlar o‘simliklarning yetishtirilishi va savdosi tarixi, savdo uylari va ularning istiqbollari, O‘zbekistonda ziravorlar savdosi va turizm istiqbollari hamda ushbu sohada olib borilayotgan ishlar va sohani rivojlantirishga berilayotgan imtiyozlar haqida kerakli ma'lumotlar berildi.
30.06.2021
16:43