Yoshlarni tadbirkorlikka oʼqitish davom etmoqda
Xabaringiz bor yoshlar forumida yurtboshimiz tomonidan yoshlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʼqitish orqali ularning bandligini taʼminlash va yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ikkita muhim masala ilgari surilgan edi.
Аyni damda tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Mirobod tuman boʼlinmasi va Mirobod tuman hokimligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tumandagi umidli yoshlar sakkizinchi mavsum boʼyicha tadbirkorlik kurslarida oʼqish boshlandi. Ushbu dastur asosida oʼgʼil-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes koʼnikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, oʼz faoliyatini boshlash uchun mutaxassislarning mahorat saboqlari bilan birga darslar ham tashkil etilgan.
02.07.2021
12:50