Tadbirkolarning muamolari oʼrganilmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona viloyat hokimligining tadbirkorlik guruxi raxbari D.Gʼanijonov raxbarligida Savdo-sanoat palatasi Fargʼona viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari А.Boltaboev, Markaziy bank vakili, birgalikda Soʼx, Yozyovon, Rishton, Beshariq, Quva tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Uchrashuvda xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini koʼpaytirish, tumanda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni toʼliq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish boʼyicha oʼz yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yoʼnalishda tadbirkorlik subʼektlarini yanada qoʼllab-quvvatlash, ularning gʼoya va tashabbuslarini ragʼbatlantirish va PQ-5113 sonli qarorning mazmun va mohiyatlari xaqida soha mutaxassislari tomonidan toʼliq tushuntirildi.
Uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan nokonuniy tekshiruvlar, aralashuvlar boʼlganda tegishli organ tashkilotlari va Savdo-sanoat palatasi tomonidan bunday toʼsiqlarni oldini olishda koʼmak berilishi va bartaraf etilishi xaqida tadbirkorlarga tushunchalar berildi. Uchrashuvlarda Soʼx tumani Sebzor MFY xududidadavlat sherikchilik asosida tashkil etilayotgan kooperatsiya bilan tanishildi.
Shu bilan birga Rishton tumanida joylashgan "ROSHIDON MEDICAL CENTER" MCHJ tomonidan axoliga tibbiy xizmat koʼrsatish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlik subʼektlari tomonidan koʼtarilgan muammo va masalalar tegishli tashkilotlar tomonidan xal etib borilmoqda.
Savdo-sanoat palatsi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarini yaqindan oʼrganish va faoliyati davomidagi kamchiliklar yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berish, noqonuniy aralashuvlarni oldini olish maqsadida yana uchrashuvlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
02.07.2021
14:38