Bekobod tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 98 nafar yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari taqdim qilindi.
Bekobod tumanida “Yoshlar Daftari” da turuvchi yoshlarni qoʼllab quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash va turmush darajasini yaxshilashga koʼmaklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Тuman hokimi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 98 nafar yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratish toshirigʼi berilgan.
Mazkur topshiriqqa asosan yoshlarga Bekobod tumani hokimining Yoshlar masalalari buyicha oʼrinbosari Mirzakulov Dilshod Muxiddinovich, Yoshlar agentligi rahbari Karimov Аbdumutal va Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Bekobod tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi boʼlinmasi rahbari Xidirova Sadoqat Yunusalievnalar tomonidan tikuv mashinalari topshirildi.
02.07.2021
15:54