Xitoylik hamkorlar bilan savdo-investitsiya hamda innovatsion yoʼnalishlarda hamjihatlikda faoliyat olib borish masalalari koʼrib chiqildi
2021 yil 27 iyul kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoyning Xalqaro biznes inkubatori oʼrtasida savdo va investitsiya, innovatsion texnologiyalar, intellektual mulk sohasi, transport va logistika yoʼnalishlarida ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari onlayn muloqot orqali koʼrib chiqildi.
Uchrashuvda Oʼzbekiston va Xitoy oʼrtasida oʼzaro savdo-sotiq aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlik borasida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, kichik innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va tatbiq etish, ikki davlat ishbilarmonlari oʼrtasida qoʼshma biznes-forum va koʼrgazmalarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Tadbir nihoyasida tomonlar oʼrtasida savdo-investitsiya yoʼnalishlarida respublikamiz mahsulotlarini Xitoy bozorida sotish va mahsulotlarga salohiyatli xaridorlarni topish, Xitoy kompaniyalari ishtirokida qoʼshma loyihalar amalga oshirish hamda innovatsion yoʼnalishlarda kichik loyihalarni qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida birgalikda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
27.07.2021
18:19