Yunusobod tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yunusobod tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida 1+1 dasturi doirasida ishsiz yoshlarni tadbirkorlika oʼqitish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi Yunusobod tumani boʼlimi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar uchun tadbirkorlik va biznesni ochish hamda rivojlantirish boʼyicha maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Hozirda 30 nafar yosh boʼlajak tadbirkorlar maxsus oʼquv kurslariga muntazam faol ishtirok etishmoqda.
Toshkent turizm va servis kolleji katta oʼqituvchisi Аdilova Dilfuza Xatamjanovna “Buxgalteriya xisobi asoslari” mavzusida yoshlarga dars oʼtdi. Shuningdek, kurs doirasida bank hodimlari hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari oʼtkazish rejalashtirilgan.
Oʼquv kurslardan koʼzlangan asosiy maqsad, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish va ularni kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatida zarur boʼlgan bilim va koʼnikmalarni oshirishdan iborat.
28.07.2021
09:44