Savdo-sanoat palatasi raisi Kazan shahrida boʼlib oʼtayotgan “KazanSummit - 2021”da ishtirok etmoqda.
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov “KazanSummit -2021” halqaro iqtisodiy sammitida ishtirok etish uchun Tatariston Respublikasiga amaliy tashrif bilan bordi.
Sammit doirasida tashkil etilayotgan koʼrgazmalar davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi ishtirokchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib chiqdi va Oʼzbekiston tadbirkorlari bilan hamkorlik oʼrnatish masalalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek Oʼzbekiston delegatsiyasi tarkibiga Savdo-sanoat palatasining Fargʼona va Namangan hududiy boshqarmalari boshliqlari ham kiritilgan boʼlib, tashrif davomida hududlararo kooperatsiyani rivojlantirish masalalari ham koʼrib chiqildi.
28.07.2021
16:22