Savdo-sanoat palatasi raisi А.Ikramov “KazanSummit -2021” halqaro iqtisodiy sammitidagi ishtiroki doirasida nutq soʼzladi.
Аvval xabar berganimizdek Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Аdxam Ikramov “KazanSummit -2021” halqaro iqtisodiy sammitida ishtirok etish uchun Tatariston Respublikasiga amaliy tashrif bilan borgan edi.
Savdo-sanoat palatasi raisi mazkur halqaro sammit doirasida tashkil etilgan “SSP ekotizimi. Yalpi muhokamalar. "Jahon Savdo-sanoat palatalarining muvaffaqiyatli tarixi" mavzusidagi yigʼilishida oʼz nutqi bilan ishtirok etdi.
Palata raisi oʼz nutqi davomida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining oʼtgan davr mobaynida erishgan natijalari, amalga oshirilgan ishlar va halqaro hamkorlik aloqalari toʼgʼrisida taqdimot bilan tanishtirdi. Shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar borasida ham maʼlumotlar berildi.
Shuningdek oʼz nutqi davomida Palata raisi jahon Savdo-sanoat palatalari tajribasiga ham eʼtibor qaratgan holda, Rossiya va Turkiya Savdo-sanoat palatalari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik aloqalariga alohida eʼtibor qaratdi.
30.07.2021
11:43