Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning aʼzosi “BITI-PRODUCTION” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam soʼragan.
“BITI-PRODUCTION” MChJ murojjati oʼrganib chiqilganda, jamiyat va Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshidagi “Infratuzilmani rivojlantirish injinering kompaniyasi” DUK oʼrtasida pudrat shartnomasi tuzilgan boʼlib, unga koʼra DUKning buyurtmasi asosida jamiyat tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari toʼliq bajarilganligi, biroq, DUK tomonidan shartnoma shartlari lozim darajada bajarilmaganligi, yaʼni bajarilgan ishlar uchun toʼlov oʼz vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida tadbirkor zarar koʼrganligi aniqlandi.
DUK tomonidan shartnoma shartlari lozim daraja bajarilmaganligi oqibatida yetkazilgan zararni undirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi oʼz aʼzosi manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Palataning daʼvo arizasi koʼrib chiqilib, DUK hisobdan “BITI-PRODUCTION” MChJ foydasiga 1 118 900 631 soʼm miqdoridagi qarzdorlikni undirish toʼgʼrisida hal qiluv qarori qabul qilingan va, shu tariqa, Palata aʼzosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
30.07.2021
14:18