BMTning Oʼzbekiston Respublikasi va Qirgʼiziston Respublikasidagi vakolatxonalari koʼmagida Oʼzbekiston Respublikasi va Qirgʼiziston Respublikasi oʼrtasida chegraoldi hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlari muhokama etildi
2021 yil 30 iyul kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimi Gʼ.Usmonov “BMTning Tinchlikni barpo etish jamgʼarmasi koʼmagida Qirgʼiziston Respublikasi va Oʼzbekiston Respublikasi chegaraoldi hududlarida hamkorlik dasturi istiqbollari” mavzusidagi seminarda ishtirok etdi.
Mazkur seminar BMTning Oʼzbekistondagi doimiy koordinatori ofisi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda hamda BMTning Qirgʼizistondagi doimiy koordinatori ofisi koʼmagida tashkil etildi.
Tadbirda Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning davlat organlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Seminar ishtirokchilari BMTning Tinchlikni barpo etish jamgʼarmasi tomonidan taqdim etilgan ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari muvofiqlashtiruvida hamda Oʼzbekiston va Qirgʼizistonning ilmiy-tadqiqot instututlarini jalb etgan holda tayyorlangan Qirgʼiziston va Oʼzbekiston oʼrtasida chegaraoldi hamkorlik istiqbollarini baholashga doir tahliliy maʼlumotni muhokama qildilar.
Tadbir davomida seminar ishtirokchilari Oʼzbekiston va Qirgʼiziston oʼrtasida chegaraoldi hamkorlikning istiqbolli yoʼnalishlarini belgilab olish boʼyicha tahliliy maʼlumotda keltirilgan quyidagi yoʼnalishlarda qoʼshma takliflarni ishlab chiqdilar:
1. Chegaraoldi hududlari hamda chegaradan oʼtish jarayonining xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash;
2. Iqtisodiy hamkorlikni mahalliy miqyosda har tomonlama faollashtirish va kengaytirish;
3. Muloqot orqali ijtimoiy jipslashuv va ishonchni mustahkamlash;
4. Hamkorlikni mustahkamlash va nizolarni bartaraf etish masalalarida mahalliy hokimiyat organlarining salohiyatini oshirish;
5. Kichik biznesni qoʼllab-quvvatlash orqali ish oʼrinlarini yaratish;
6. Infratuzilmani yaxshilash.
Seminarda Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʼzbekiston va Qirgʼiziston oʼrtasidagi chegaraoldi hududlarda yaxshi qoʼshnichilik, doʼstlik va tomonlar manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida oʼzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan istiqbolli takliflar bildirildi.
Tadbir yakuni boʼyicha BMTning Tinchlikni barpo etish jamgʼarmasi koʼmagida yaqin istiqbolga moʼljallangan ikki davlat oʼrtasida chegaraoldi hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan loyiha hujjati kontseptsiyasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
30.07.2021
17:35