• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi oʼtkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʼgʼrisida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari oʼtkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida 529 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan koʼrib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Qarori
    (ID-47323) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  oʼtkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1.Loyiha 1-bandiga koʼra, “Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish boʼyicha komissiya (keyingi oʼrinlarda – Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, - deb belgilangan.

    Bunda, eng yaxshi taklifni tanlab olish Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

    Biroq, shuni inobatga olish lozimki, bunda eng yaxshi taklifni tanlab olish jarayonida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlar yuzaga kelishi, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.

    Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar Kontseptsiyasining II-bobi 3-bandiga koʼra, “Tegishli vakolatlarni aniq davlat organlariga oʼtkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlarning natijasi uchun javobgarlikni yuklash orqali davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlarni (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar) tubdan qisqartirish” belgilangan.

    Qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5527-sonli Farmoni 4-bandiga koʼra:

    amaliy ahamiyatga ega boʼlmagan, shuningdek, davlat boshqaruvida, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarning yuzaga kelishiga sabab boʼladigan idoralararo kollegial organlarni tashkil etish va faoliyat yuritishi;

    idoralararo kollegial organlarga davlat organlari vazifa va funktsiyalarining oʼrnini egallashga, qabul qilinayotgan qarorlar va aniq natijalarga erishish uchun javobgarlikning susayishiga olib keluvchi takrorlovchi va parallel funktsiyalarni yuklash taqiqlanadi.

    Koʼrinib turganidek, eng yaxshi taklifni tanlab olishning Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq emas va bu amaldagi qonunchilik talablariga ham toʼgʼri kelmaydi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, yer ajratish kabi oʼta muhim masalani hal etishda korruptsiya holatlarini oldini olish, bunda inson omilini butunlay istisno qilish maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlash va ularga yer ajratish mezonlarini aniq va qatʼiy, yaʼni har xil talqin qilinishini istisno qiladigan darajada belgilash hamda eng yaxshi takliflarni tanlab olishni elektron tizim yoki platforma yaratgan holda amalga oshirish tavsiya etiladi.

    2.Loyihaning 4-bandi beshinchi xatboshi va loyiha 2-ilovasi 4-bandiga koʼra, “tanlangan yerga boʼlgan huquqning bozor qiymatining 50 baravaridan kam boʼlgan qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʼyicha takliflar koʼrib chiqilmaydi”.

    Bunda ortiqcha boʼlgan talab hamda loyihadagi boshqa normalar bilan oʼzaro nomuvofiqlikni keltirib chiqargan norma nazarda tutilgan.

    Vaholangki, loyiha 2-ilovasi 1-bandida:

    “Ushbu Reglament Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million АQSh dollari ekvivalentiga teng boʼlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer berish tartibini belgilaydi”, - deb belgilangan.

    Bu esa, amaliyotda korruptsiya holatlariga sharoit yaratib berishi aniq.

    Shu bois hamda mazkur Xulosa 1-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish mezonlarini aniq va qatʼiy, yaʼni turlicha talqin qilinishini istisno qiladigan darajada belgilash lozim.

    4.Loyiha 2-ilovasi 10-bandi beshinchi xatboshiga koʼra, talabgor tomonidan arizaga “talabgor tomonidan muqaddam muvaffaqiyatli amalga oshirilganloyihalari toʼgʼrisida maʼlumot (portfolio)” ilova qilinishi belgilangan.

    Аmmo, mazkur talab ham ortiqcha koʼrinadi.

    Vaholangki, barcha talabgorlar ham oʼz faoliyatini muqaddam yuritgan boʼlmasligi, baʼzi talabgor faoliyatini yangi boshlayotgan boʼlishi yoki investitsiya kiritmoqchi boʼlgan faoliyat u uchun yangi yoʼnalish boʼlishi mumkin.

    Bunday holatlarda esa, uning arizasi toʼliq taqdim etilmaganligi vaji bilan qaytarilishi mumkin.

    Bu kabi, salbiy holatlarning oldini olish, shuningdek investitsiya bozorida barcha talabgorlarga teng imkoniyatlarni taʼminlash maqsadida, yuqoridagi normani chiqarib tashlash lozim.

    5.Loyiha 2-ilovasi 30-31-bandlarida tanlov gʼolibiga yer uchatkasi ajratilgandan soʼng gʼolib bilan tegishli tuman (shahar) hokimligi oʼrtasida yer ijarasi shartnomasi hamda gʼolib va ishchi organ oʼrtasida investitsiya shartnomasi tuzilishi belgilangan.

    Biroq, bunda oʼta murakkab boʼlgan tartib hamda sunʼiy byurokratik va maʼmuriy toʼsiqlarni yaratish nazarda tutilgan.

    Bunday murakkab va koʼp bosqichli tartibni belgilash hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarga mazmunan toʼgʼri kelmaydi.

    Shu bois, loyiha 2-ilovasida tanlov gʼolibi bilan faqat yer ijarasi shartnomasi tuzilishi hamda unda investitsiya kiritish majburiyatini yuklovchi alohida bir bandning kiritilishini nazarda tutish maqsadga muvofiq.

    Loyihani ishlab chiqish asosi boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6243-son Farmonida ham faqat mazkur talab (qiymati kamida 10 million АQSh dollari ekvivalentida boʼlgan yirik investitsiya loyihasi) nazarda tutilgan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihaning 4-bandi beshinchi xatboshi va loyiha 2-ilovasi 4-bandini chiqarib tashlash lozim.

    3.Loyiha 2-ilovasi 5-bandida yirik investitsiya loyihalari boʼyicha takliflarni baholash mezonlari belgilangan.

    Biroq, mazkur mezonlar aniq va qatʼiy boʼlmay, har xil talqin qilish imkonini beradi.

    Loyiha 2-ilovasi 49-bandi 2-3-xatboshilariga koʼra:

    Investitsiya vazirligining hududiy boshqarmalari investitsiya loyihasi ijrosinining monitoringi amalga oshiriladigan kun va vaqt haqida kamida uch kun oldin talabgorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.

    Monitoring natijalari boʼyicha talabgor va Investitsiya vazirligi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi hamda uch nusxada tasdiqlanadi.

    Shuningdek, loyiha 2-ilovasining 50-bandiga koʼra, “Investitsiya vazirligi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan investitsiya loyihalari ijrosini oʼrganish maqsadida oʼtkaziladigan monitoring tadbirlari tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida oʼtkazilgan tekshirish hisoblanmaydi hamda nazorat qiluvchi organlar bilan kelishish yoki ularni xabardor qilish talab etilmaydi”, - deb belgilangan.

    Biroq, yuqoridagilardan koʼrinadiki, loyihada nazarda tutilgan monitoring mazmunan tekshirishlarni anglatadi.

    Chunki, bunda monitoring joyiga chiqqan holda oʼtkazilishi, natijasi yuzasidan dalolatnoma tuzilishi, oldindan talabgor ogohlantirilishi belgilanmoqda.

    Аmmo, monitoring – bu masofadan turib, tadbirkorlik subʼekti faoliyatiga aralashmagan holda, tegishli davlat tashkilotlarida mavjud boʼlgan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan faoliyat.

    Yuqoridagi holatda esa, monitoring tekshirishlarga aylanib ketadi.

    Shu bois, loyiha 2-ilovasida monitoringni amalga oshirish masofadan turib, tadbirkorlik subʼekti faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshirilishini belgilash lozim.

    7.Taʼkidlash lozimki, loyiha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF–6243-son Farmonidan kelib chiqib ishlab chiqilgan boʼlsada, ammo bu orqali tadbirkorlarga yer ajratishning turli xil usullari taklif etilmoqda.

    Yerlarni tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanishga taqsimlashda teng huquqiy sharoitlar yaratish lozimligini inobatga olib, bunda yagona tizim, yaʼni yerlarni faqat elektron onlayn-auktsion orqali sotish tartibini joriy etish masalasini yana bir bor koʼrib chiqish maqsadga muvofiq boʼlar edi.

    SSP Axborot-xizmati       

    30.07.2021

    18:03

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06