Boʼka tumanida fuqarolar ishtirokida sayyor qabul oʼtkazildi
Boʼka tumani Boʼston MFY hududida tuman hokimi, Xalq qabulxonasi tuman boʼlimi rahbari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Boʼka tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi rahbari va boshqa mutassaddi tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirokida sayyor qabul boʼlib oʼtdi.
Sayyor qabulda 40 dan ortiq hudud aholisi(jismoniy va yuridik shaxslar)ning muammolari oʼrganildi.
Taʼkidlash joizki oʼtkazilayotga sayyor qabullarda ishtirok etgan fuqarolarning aksariyat qismining muammolari joyida hal etilib, oʼz yechimini topmoqda.
Navbatdagi tashkil etilgan qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning muammolari joyida hal etildi. Oʼndan ortiq muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
02.08.2021
10:51