O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni o‘tkazish bo‘ycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni o‘tkazish bo‘ycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
Xususan, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shaxar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bektemir tuman hokimligi va masalaga oid boshqa tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni o‘tkazish bo‘ycha mahalliy tadbirkor va fuqarolar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan Bektemir tumani Abay MFYda Bektemir tumanidan murojaat qilgan tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganib chiqildi.
20 iyul' sanasidan o‘z faoliyatini boshlagan shtab “Call markaz”ining 11-00, 78 150-60-06 raqamlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda taklif.chamber.uz havolasiga murojaatlar kelib tushmoqda.
Shu bilan birga tadbirkorlar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha Respublikaning barcha hududlarida hududiy shtablar faoliyat ko‘rsatmoqda.
02.08.2021
11:06