Piskent tumanida mahalliy tadbirkorlar ishtirokida "Ochiq muloqot" oʼtkazildi
Habaringiz bor ayni kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
Shu munosabat bilan, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Piskent tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi, Piskent tuman hokimligi, Bosh vazir qabulxonasi va masalaga oid boshqa tashkilotlar ishtirokida Piskent tumanidan murojaat qilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.
Uchrashuvda 12 nafar mahalliy tadbirkorlik subyektlarining muammo va takliflari oʼrganilib chiqildi va mavjud muammolar atroflicha hal etildi. Bunda 5 nafar tadbirkorlarning muammolari joyida xal etildi, qolgan murojaatlar oʼrganilib nazoratga olindi va ijobiy xal etish yusazidan mutassaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
03.08.2021
11:10