Tadbirkorlarning murojaat va takliflari oʼrganilmoqda
Fargʼona shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlarni oʼrganib chiqish davom etmoqda.
Qabul jarayonida, mahalliy tadbirkorlar oldida turgan muammolar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar doirasida suxbatlar boʼlib oʼtdi.
Tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglandi va atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birgalikda al etilishi vaqt va oʼrganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi va ijobiy xal etish yusazidan mutassaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
Maʼlumot uchun “Call markaz” ning 11-00, 78 150-60-06 raqamlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda taklif.chamber.uz havolasiga murojaatlarni qabul qilish davom etmoqda.
03.08.2021
11:35