Qashqadaryoda navbatdagi Sayyor qabul boʼlib oʼtdi
Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazish rejalashtirilgan.
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, Qashqadaryo prokurori va masalaga oid boshqa tashkilotlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti»ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasida sayyor qabul boʼlib oʼtdi.
Shuningdek SSP Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan hududiy boshqarmaning koʼrgazmalar zalida texnologiyalar va uskunalarning koʼrgazmasi tashkil etildi. Sayyor qabulda tadbirkorlarga koʼrgazma texnologiyalari ham tanishtirib oʼtildi.
Koʼrgazmada 110 dan ortiq texnologiya va uskunalar joylashtirilgan boʼlib yana 20 dan ortiq texnologiyalari olib kelinishi rejalashtirilgan.
04.08.2021
11:01