Mirzo Ulugʼbek tumanida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Аyni kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
Jumladan, Mirzo Ulugʼbek tuman xam tadbirkor va fuqarolari uchun tashkil etilgan qabulda tadbirkor va fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Qabulda Toshkent shahar hokimining oʼrinbosari, Mirzo Ulugʼbek tuman hokimlikining rahbar xodimlari xamda tuman TKM rahbari qatnashdilar. Murojaatlarning baʼzilari joyida hal etilgan boʼlsa, yechimi vaqt talab etiladigan masalalar boʼyicha masʼullarga topshiriq va koʼrsatmalar, fuqarolarga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, Mirzo Ulugʼbek tumani “Oltintepa” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkorga tuman mahallalarining birida boʼsh turgan binodan 10 yilga kafolatlangan ijara uchun imtiyozli shartlarda, goʼzallik saloni uchun joy ajratildi.Maʼlumki, xalq dardi bilan yashash, uning muammolariga yechim topish, takliflarini koʼrib chiqish davlatimiz siyosatining asosiy yoʼnalishlaridan biridir.
04.08.2021
12:29