Sirgʼali tumanida tadbirkorlik kurslarida oʼqitish onlayn tarzda boshlandi
Sirgʼali tuman hokimligi va Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Sirgʼali tuman boʼlinmasi hamkorligida "Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor" tamoyili asosida “1+1 dasturi” doirasida tumandagi ishsiz yoshlarni tadbirkorlik kurslarida oʼqitishni mamlakatimizdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda onlayn tarzda boshlandi.
Hozirda 20 nafar yosh boʼlajak tadbirkorlar maxsus oʼquv kurslarida muntazam faol ishtirok etishmoqda.
Savdo-sanoat palatasi Sirgʼali tumani boʼlinma bosh mutaxassisi Roʼziev. S "Tadbirkorlik asoslari" mavzusida yoshlarga dars oʼtdi.
Ushbu loyiha asosida yoshlar uchun mutaxassislarning mahorat saboqlari bilan birga kredit, sugʼurta, bojxona, soliq va boshqa mavzularidagi darslari ham tashkil etilgan.
Dars jarayonida turli mavzularda suhbatlar olib borildi va ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan javob olishdi.
04.08.2021
12:39