Chilonzor tumanida tadbirkor va fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlarni oʼrganib chiqish davom etmoqda.
Chilonzor tumanida tadbirkor va fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda Chilonzor tuman xokimi oʼrinbosari va tuman TKM rahbari qatnashishdi.
Unda tadbirkorlarning muammolari tinglanib, aksariyati joyida hal etildi. Baʼzi vaqt va oʼrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan ijobiy hal etish boʼyicha tegishli tashkilot va idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
20 iyul sanasidan oʼz faoliyatini boshlagan shtab “Call markaz”ining 11-00, 78 150-60-06 raqamlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda taklif.chamber.uz havolasiga murojaatlar kelib tushmoqda.
04.08.2021
14:24