Boʼka tamanida yoshlarni tadbirkorlik asoslariga oʼqitish davom etmoqda.
Boʼka tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, doimiy bandligi taʼminlanmagan yoshlarni “Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida tadbirkorlik va biznes asoslariga oʼqitish kurslarining 9-guruh darslari tashkil etilgdi.
Mazkur garuhning navbatdagi 4-dars mashgʼulotlari Mikrokredit bank Piskent filialining Boʼka tumanida joylashgan "Bank xizmatlari markazi" boshligʼi hamda kredit boʼlimi boshligʼi tomonidan oʼtkazildi. Oʼquv kursi davomida yoshlarga “Korxonani tashkil qilish va uning huquqiy asoslari” mavzusida kerakli bilim va koʼnikmalar berildi.
Shuningdek, yoshlarga tadbirkorlikni boshlash uchun kredit olish tartibi, olingan kredit mablagʼlaridan maqsadli foydalanish va shu davomida kredit mablagʼi va foizlarini oʼz vaqtida toʼlash kerakliligi tushuntirildi.
04.08.2021
14:31