«Ochiq muloqot» oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv davom etmoqda
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmacida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti»ni oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan qabul jarayonlari davom etmoqda.
Qarshi shahar, Kitob, Kasbi, Qamashi, Muborak, Mirishkor, Shaxrisabz, Qarshi va boshqa tumanlarda tuman hokimlari , mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda Sall markazga murojaat qilgan tadjbirkorlar bilan uchrashdi.
Xususan Viloyat hokimi oʼrinbosari Bahrom Yusupov Qarshi shahar hokimlik zalida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Qabul jarayonida har bir tadbirkor bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni oʼrgandi. Murojaatlarga joyida yechim topishga harakat qilindi. Qoʼshimcha oʼrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʼi Odil Jumaevich Payanov Mirishkor tumanida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi yuzasidan sayyor qabul oʼtkazdi.
Qabulda 13 nafar fuqarolar oʼz murojaatlari bilan ishtirok etdi. Kelib tushgan murojaatlarning 9 tasi aliment undiruvlari, 2 tasi qarz undirish, 1 tasi Oʼzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqishga qoʼyilgan taqiqni yechish, 1 tasi nomulkiy undiruvlar yuzasidan uydan chiqarish masalasida boʼldi.
Murojaatlarning 12 tasi joyida hal qilindi va bittasiga tushuntirish berildi. Jumladan, aliment undirishni soʼrab murojaat qilgan 4 nafar fuqarolarga shu kunning oʼzida jami 5 mln. 555 ming soʼm pullar undirib berilgan boʼlsa, 3 nafar qarzdorlarga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. 2 nafar qarzdorning ishga joylashganligi aniqlanib, aliment undiruvi ish haqiga qaratildi.
Sayyor qabullarda Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi. Xozirgi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida jami 847 ta murojaatlar qabul qilingan bulib ularning 300 tasi ijobiy xal etilgan.
Sayyor qabullar viloyat boʼylab davom etmoqda.
05.08.2021
10:41