Mahalliy tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlari oʼrganilmoqda
Joriy yilning 4 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi hamda Toshkent viloyati hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari boʼyicha oʼrinbosari va masalaga oid boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Habaringiz bor, ayni kunlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
20 iyul sanasidan oʼz faoliyatini boshlagan shtab “Call markaz”ining 11-00, 78 150-60-06 raqamlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda taklif.chamber.uz havolasi orqali murojaatlar qabul qilinmoqda.
05.08.2021
11:08