Shayxontohur tumanidan murojaat qilgan tadbirkorlarning muammo va takliflari oʼrganib chiqildi
Savdo-sanoat palatasi Toshkent shaxar boshqarma boshligʼi, Shayxontohur tuman hokimi birinchi oʼrinbosari va masalaga oid boshqa tashkilotlar ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼycha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan Shayxontohur tumanidan murojaat qilgan tadbirkorlarning muammo va takliflari oʼrganib chiqildi.
Unda 30dan ortiq tadbirkorlarning murojaatdari tinglandi va ularga tegishli tartibda javob berildi. Аyrim murojaatlar joyida xal etilib, vaqt va oʼrganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq va tezkor choralar koʼrish xamda ushbu murojaatlarni belgilangan muddatda xal etish uchun mutasaddi idora va tashkilotlar raxbarlariga topshiriq sifatida berildi.
20 iyul sanasidan oʼz faoliyatini boshlagan shtab “Call markaz”ining 11-00, 78 150-60-06 raqamlari, ijtimoiy tarmoqlar hamda taklif.chamber.uz havolasiga murojaatlar kelib tushmoqda.
05.08.2021
11:16