Yoshlar va ayollarni tadbirkorlik va biznes yuritish koʼnikmalariga oʼqitish davom etmoqda
4 avgust kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Jomboy tuman “Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi” huzurida “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan “Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida hamda "Аyollar daftari"ga kirgan xotin-qizlarni "Tadbirkorlik va biznes yuritish koʼnikmalari"ga oʼquv seminarlarning 2-bosqichning 2-kuni boshlandi.
Ushbu loyiha asosida yoshlar uchun mutaxassislarning mahorat saboqlari bilan birga kredit, sugʼurta, bojxona, soliq va boshqa mavzularidagi darslari ham tashkil etilgan.
Oʼquv kurslardan koʼzlangan asosiy maqsad, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish va ularni kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatida zarur boʼlgan bilim va koʼnikmalarni oshirishdan iborat.
05.08.2021
11:23