SSP tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanish uchun oʼzbek tilidagi qoʼllanma ishlab chiqildi.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlarini chet el bozorlariga eksport qilinishini taʼminlash maqsadida keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Hususan endilikda mahalliy tadbirkorlarimiz ham elektron savdolarda oʼz mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega boʼldilar.
Savdo-sanoat palatasi mutahassislari tomonidan Amazon.com platformasidan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ilk bor oʼzbek tilidagi qoʼllanma ishlab chiqildi.
Qoʼllanma ikki qisimdan iborat boʼlib, birinchi qism platformaning imkoniyatlari, unda savdo-sotiq ishlarini amalga oshirish shartlari kabi mavzularda maʼlumotlar berib oʼtilgan.
Qoʼllanmaning ikkinchi qismi esa Amazon.com elektron savdo platformasida sotuvchi sifatida roʼyhatdan oʼtish, platformaning mavjud tariflari, maʼlumotlarni kiritish tartibi, zarur xujjatlar haqida toʼliq va batafsil maʼlumotlar berib oʼtilgan.
Tadbirkorlarimizni yaratilgan imkoniyatdan toʼliq foydalanishga va elektron savdo orqali mahsulotlar eksportini yanada oshirishga chorlaymiz.
Qoʼllanmalarni quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://chamber.uz/uploads/amazon/amazon-com-umumiy-qullanma.pdf
https://chamber.uz/uploads/amazon/amazon-com-ruyxatdan-utish-buyicha-qullanma.pdf
Amazon.com platformasi boʼyicha yangiliklarni kuzatishda davom eting, yaqin kunlarda platformada savdo-sotiq jarayonlarini kengaytirish va toʼgʼri yoʼlga qoʼyish haqidagi qoʼllanmani taqdim etamiz.
06.08.2021
11:29