Tadbirkorlarning murojaat va takliflari oʼrganilmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan qabul qilingan takliflar va murojaatlar yuzasidan Tayloq tuman hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Tayloq tuman Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazlari tomonidan sayyor qabul oʼtkazildi.
Tayloq tumanidagi Bogʼizogʼon MFYda 4-ta sektor rahbarlari ishtirokida sayyor kabul bilan birgalikda tadbirkorlar murojaatlari mutasaddi rahbarlar tomonidan joyida atroflicha oʼrganib chikildi.
Tadbirkorlarning murojaat va takliflari batafsil oʼrganilib, nazoratga olindi va qonun doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Eslatib oʼtamiz Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan "Ochiq muloqoti"ni oʼtkazish boʼyicha mahalliy tadbirkorlar tomonidan takliflar va murojaatlar qabul qilinmoqda.
09.08.2021
11:39