Toshkent tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni “Biznes yaratish yo‘lida yetti qadam” tamoyili asosida o‘qitish kurslari tashkil etildi.
Toshkent tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan xotin-qizlarni “Biznes yaratish yo‘lida yetti qadam” tamoyili asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur o‘quv kurslari 12 kunlik 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturlashtirilgan darslar davomida tinglovchilarga ishbilarmonlik va tadbirkorlik ning yo‘l-yo‘riqlari, ish yuritishning innovasion usullari o‘rgatiladi. Shuningdek amaliyot darslari ham mavjud bo‘lib, amaliyot darslarida xotin-qizlar sanoat korxonalarida bo‘lib, tajribali tadbirkorlarning ish faoliyati bilan tanishadilar.
Mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlar imtiyozli kredit olish mahsus sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.
Tadbirkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan bunday e'tibor kelgusida xotin-qizlar o‘rtasida biznes yaratish yo‘lida dadil qadam tashlashga keng imkon yaratadi.
09.08.2021
14:54