O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videokonferents shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Savdo-sanoat palatasi Raisi, O`zLiDep Siyosiy Kengashi a'zosi-A.Ikramov boshchiligida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Yakubov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Ruzmetov, O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi raisi I.Fayzullaev va Partiya apparati mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi faoliyati va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama etildi.
10.08.2021
20:42