O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi vakillari boshchiligida konferentsiya bo‘lib o‘tdi
2021 yil 11 avgust kuni “International Hotel Uzbekistan” mehmonhonasida O‘zbekiston-Rossiya hamda Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi vakillari boshchiligida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbir "O‘zbekiston Respublikasining ekologik muammolarini hal qilishda sinergiya natijalari: davlat, jamoat tashkilotlari, biznes” mavzusida tashkil etildi.
Mazkur konferensiyada Savdo-sanoat palatasi raisi, O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi raisi A.I.Ikramov, Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi F.Degtyarev hamda har ikki mamlakatning mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov so‘zga chiqib bugungi tadbir, O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda dolzarbligi, shuningdek mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonini takomillashtirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko‘rilayotganini qayd etib o‘tdi.
Shu bilan birga Respublikamiz hududidagi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun innovasion texnologik jarayonlardan foydalanish, ekologik toza texnologiyalar, sanoat, xomashyo turlarini, tadqiq etish va rivojlantirishga sarmoya kiritish zarurligigi ta'kidlandi.
Shundan so‘ng tadbirni davom ettirish maqsadida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi F.Degtyarev va ishtirokchi tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishdi hamda mavzu doirasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tadbir davomida Rossiyaning "Sovplim" kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor bo‘lgan O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalari, vazirliklar va idoralari vakillari tomonidan muloqotlar tashkil etildi.
Malumot uchun: "SovPlim" AJ ishlab chiqarish zavodi 1989 yilda tashkil etilgan bo‘lib, zavodning ishlab chiqarish quvvati (maydoni 13700 m²) o‘z yopiq texnologik liniyasida oyiga 4000 dan ortiq tayyor mahsulotni (fanatlar, filtrlar, egzoz moslamalari) ishlab chiqarish imkonini beradi.
Qariyib 30 yil mobaynida 40 mingdan ortiq korxona “SovPlim” tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalardan foydalanadi Gazprom, “Rostec Coorparation”, Rosatom va Rossiya temir yo‘llari kabi yirik korxonalar shular jumlasidan.
11.08.2021
17:33