Oʼzbekiston delegatsiyasining Ankaraga ishchi tashrifi.
Joriy yilning 12 avgust kuni Savdo-sanoat palatasing rais oʼrinbosari F. Usmanov va Turkiya iqtisodiyot va texnologiya universiteti Toshkentdagi filiali ijrochi direktori D. Begmatova boshchiligidagi ishchi guruhi Ankaraga (Turkiya Respublikasi) tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad universitet filiali faoliyatini yanada takomillashtirish boʼldi.
Mazkur tashrif chogʼida Turkiya Savdo-sanoat birjalari palatalari uyushmasi va Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiya universiteti (TOBB) rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda filialning moddiy-texnik taʼminotini kuchaytirish, xorijiy professor oʼqituvchilarning tashriflarini tashkil etish va ularni filial faoliyatiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
13.08.2021
11:30