• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 559 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni hamda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” Qarori (ID-46834) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 1-bandiga ko‘ra, “Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq respublikadagi bozorlar yoki savdo komplekslarini boshqaruvchi tashkilotining ta'sischilari har qanday yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lishi mumkin”.

    Ta'kidlash lozimki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 4-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, “Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari bo‘lishi mumkin emas”.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarori 9-bandiga muvofiq “Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin”.

    Xususan, shuni e'tirof etish lozimki, davlat organlariga mazkur huquqning berilishi amalda raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, bozorlar yoki savdo komplekslarini tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tashkil etilishiga davlat organlari tomonidan sun'iy byurokratik to‘siqlar qo‘yilishi holatlariga olib kelishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan bozorlar yoki savdo komplekslarini davlat organlari tomonidan tashkil etilishi mumkiligiga doir barcha normalarni chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyiha 1-ilovasi 1-bandi beshinchi xatboshisiga ko‘ra, “bozor yoki savdo kompleksini boshqaruvchi tashkilot – bozorni yoki savdo kompleksini tashkil qilish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomani belgilagan tartibda olgan bozor yoki savdo majmuasini mulkdori hisoblangan yuridik shaxs”.

    Bunda, mazmunan bozorni yoki savdo kompleksini tashkil qilish uchun ruxsatnoma olish lozimligi, ya'ni ruxsat berish tartib-taomili belgilanmoqda.

    Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka muvofiq bozorni yoki savdo kompleksini tashkil qilish uchun ruxsatnoma olinishi lozimligi belgilanmagan.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 5-bandiga muvofiq amalga oshirilishi uchun lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi.

    “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasiga muvofiq “Ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlaridir”.

    Shundan kelib chiqib, loyiha 1-ilovasi 1-bandi beshinchi xatboshisidan “bozorni yoki savdo kompleksini tashkil qilish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomani belgilagan tartibda olgan” so‘zlarini chiqarib tashlash lozim.

    3. Loyiha 1-ilovasi 3-bandiga ko‘ra:

    “Bozorni tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlagan, o‘z hududida arxitektura, shaharsozlik va qurilish me'yorlari va qoidalariga muvofiq, shuningdek bozorlarning u yoki bu turiga bo‘lgan extiyojni inobatga olgan holda bozorlar tashkil etishni nazarda tutuvchi Rejaga asosan amalga oshiriladi.

    Bozorlarning u yoki bu turiga bo‘lgan extiyojni aniqlash tegishli xududdagi aholini u yoki bu mahsulotlar bilan ta'minlash zaruriyati orqali aniqlanadi”.

    Bunda, mazmunan bozorlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsati va qarori asosida tashkil etilishi belgilanmoqda, ya'ni ruxsat berish tartib-taomili belgilanmoqda.

    Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni 5-bandiga muvofiq amalga oshirilishi uchun lisenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va vakolatli organni xabardor qilish talab etiladigan faoliyat turlari ro‘yxatlari qonun bilan tasdiqlanadi.

    “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun 19-moddasiga muvofiq “Ushbu Qonunning 2-ilovasida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlaridir”.

    Shuningdek, “bozorlarning u yoki bu turiga bo‘lgan extiyojni inobatga olgan holda” tushunchasi keng ma'no iflodalab, uni turlicha talqin qilish mumkin. Chunki, amaldagi qonunchilik bilan “bozorlarning u yoki bu turiga bo‘lgan extiyojni” aniqlash mexanizmlari belgilanmagan.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarori 9-bandiga muvofiq “Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin”.

    Ya'ni, tadbirkorlik sub'ektlariga mustaqil to‘liq o‘z ulushi asosida dehqon bozorlari va savdo komplekslarini tashqil qilish huquqi berildi.

    Bunda, yuqoridagi kabi tartib-taomillarning belgilanishi mazmunan tadbirkorlik faoliyatini cheklanishiga, tadbirkorlar faoliyatiga haddan tashqari ma'muriy aralashishga sabab bo‘ladi.

    Shu sababli, yuqoridagi talablarni davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan bozorlar yoki savdo komplekslariga tatbiq qilinishi to‘g‘ri bo‘lar edi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada yuqoridagi talablarning davlat ulushi mavjud bo‘lmagan bozorlar yoki savdo komplekslariga tatbiq qilinmasligini belgilab qo‘yish lozim.

    4. Loyiha 1-ilovasi 6-bandiga ko‘ra, “Bozorlarni faoliyatini tashkil etish yuridik shaxs tomonidan “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasi orqali yer realizasiya qilingandan so‘ng o‘n kalendar kunidan kechikmagan holda beriladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bozorni tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi”.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PQ-4427-son qarori 2-bandi “v” kichik bandiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining auksion g‘olibi nomiga yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

    Shundan kelib chiqib, loyiha 1-ilovasi 6-bandini chiqarib tashlash lozim.

    5. Loyiha 1-ilovasi 9-bandiga ko‘ra, “Bozor yoki savdo kompleksi uchun berilgan yer maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

    Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarori 9-bandiga muvofiq “Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin”.

    Ya'ni, tadbirkorlik sub'ektlariga mustaqil to‘liq o‘z ulushi asosida dehqon bozorlari va savdo komplekslarini tashqil qilish huquqi berildi.

    Bunda, yuqoridagi kabi tartib-taomillarning belgilanishi mazmunan tadbirkorlik faoliyatini cheklanishiga, tadbirkorlar faoliyatiga haddan tashqari ma'muriy aralashishga sabab bo‘ladi.

    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni 2-bandiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilinadi.

    Bunda, mulk huquqi bilan berilgan yerlarni qay maqsadda foydalanish huquqini tadbirkor mustaqil hal qilishi lozim. Chunki, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, “Tadbirkorlik sub'ekti mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi”.

    Shu sababli, yuqoridagi talabni davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan bozorlar yoki savdo komplekslariga tatbiq qilinishi to‘g‘ri bo‘lar edi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda mazkur Xulosaning 4-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, loyihada yuqoridagi talabning davlat ulushi mavjud bo‘lmagan bozorlar yoki savdo komplekslariga tatbiq qilinmasligini belgilab qo‘yish lozim.

    6. Loyiha 1-ilovasi 4-bobida bozor va savdo komplekslarida sotuvchilar va boshqaruv tashkilotining huquq va majburiyatlarini belgilash nazarda tutilgan.

    Biroq, ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarori 9-bandiga muvofiq “Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin”.

    Ya'ni, tadbirkorlik sub'ektlariga mustaqil to‘liq o‘z ulushi asosida dehqon bozorlari va savdo komplekslarini tashqil qilish huquqi berildi.

    Bunda, bozorda sotuvchilar va boshqaruv tashkilotining huquq va majburiyatlarining belgilanishi mazmunan tadbirkorlik faoliyatini cheklanishiga, tadbirkorlar faoliyatiga haddan tashqari ma'muriy aralashishga sabab bo‘ladi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda mazkur Xulosaning 4-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, loyihada faqat davlat ulushi mavjud bo‘lgan bozorlar yoki savdo komplekslarida faoliyat yurituvchi sotuvchilar va boshqaruv tashkilotining huquq va majburiyatlarini belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq.

    7. Loyiha 1-ilovasi 21-bandiga ko‘ra, “Bozor yoki savdo kompleksini boshqarish boshqaruvchi tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi va unga ushbu Nizomga hamda savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklanadi”.

    Bunda, bozor va savdo komplekslari mazmunan faqat bozor yoki savdo kompleksini boshqaruvchi tashkilot tomonidan boshqarilishi nazarda tutilmoqda.

    Biroq, tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan tashkil etiladigan bozor va savdo komplekslari, ularning mulkdorlari tomonidan tayinlanadigan boshqa jismoniy shaxs yoki kollegial ijro organi tomonidan ham boshqarilishi mumkin.

    Shundan kelib chiqib, mazkur normani qayta ko‘rib chiqish lozim.

    8. Loyiha 1-ilovasi 52-bandiga ko‘ra, “Soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalari vakillari jalb etilishi mumkin”.

    Ta'kidlash lozimki, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining Palata faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bundan tashqari, ushbu Qonun 7-bandiga ko‘ra, Palata a'zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatining monitoringini amalga oshiradi hamda ushbu faoliyatni tekshirishlarda ishtirok etadi. Ya'ni, Palata a'zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish huquqiga ega.

    Shundan kelib chiqib, shuningdek yuqoridagi Qonunda Palataning o‘z a'zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etish huquqi ko‘rsatib o‘tilganligini inobatga olib, loyiha 1-ilovasi 52-bandini chiqarib tashlash lozim.

    9. Loyiha 2-ilovasi bilan Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash taklif etilmoqda.

    Ta'kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari hmda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari tasdiqlangan.

    Bunda, bir xil masalalarning bir nechta hujjatlar bilan tartibga solinishi ular normalarining takrorlanishiga, chalkashlik va normalarning o‘zaro zid kelib qolishi holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.

    Bundan tashqari, taklif etilayotgan loyiha 2-ilovasi ayrim bandlari “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari normalarini takrorlamoqda.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyiha 2-ilovasi, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini yagona hujjatga birlashtirish maqsadga muvofiqdir.

    10. Loyiha 4-ilovasi 1-bandi “k” kichik bandida O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari 1875-bandning birinchi xatboshisini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilmoqda:

    “Sotuvchi agentlar orqali tarmoqli marketing yo‘li bilan biologik faol qo‘shimchalar (BAD), oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat qo‘shimchalari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish taqiqlanadi”.

    Bunda, biologik faol qo‘shimchalar (BAD), oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat qo‘shimchalari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing orqali sotish taqiqilanmoqda.

    Mazkur o‘zgartirish loyiha muallifi tomonidan quyidagicha asoslantirilgan: “Oxirgi yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasiga ko‘ra BAQ (BAD) hisoblanmaydigan oziq-ovqat qo‘shimchalarini aholiga sotish holatlari keskin ko‘paydi. Biroq, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining tavsifiga ko‘ra ular shifobaxsh va profilaktik xossalarga ega. Shu bois, bunday oziq-ovqat qo‘shimchalari sotilishini BAQ sotilishiga tenglashtirish maqsadga muvofiq”.

    Ko‘rinib turibdiki, loyiha muallifi tomonidan keltirilgan asos yuqoridagi o‘zgartirish haqida emas, ya'ni ushbu o‘zgartirish loyiha muallifi tomonidan asoslantirilmagan.

    Xususan, mazkur faoliyatni taqiqlashning iqtisodiy oqibatlari tahlili va xorijiy tajriba keltirilmagan.

    Shuni e'tirof etish joizki, bu kabi taqiqlarni ularning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini tahlil qilmasdan belgilash amalda nafaqat ishbilarmonlik muhitiga, balki mamlakatning iqtisodiy holatiga ham keskin salbiy ta'sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

    Shu bilan birga, mazkur norma ushbu sohadagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyat ko‘rsatishiga, xususan yashirin iqtisod ulushining keskin ortishiga olib keladi.

    Umuman olganda, e'tirof etish lozimki, bir nechta huquqbuzarlik yoki insofsiz tadbirkorlar sabab boshqa insofli va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyatiga taqiq qo‘yilishi biznes muhitiga va ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan aholining kayfiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

    Shu sababli, mazkur normani loyihadan chiqarib tashlash lozim.

    11. Loyiha 4-ilovasi 13-bandida O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini quyidagi tahrirdagi 41-bandi bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:

    “Umumiy ovqatlanish sub'ekti o‘z faoliyatini tashkil etishdasanitariya-gigiena shoxobchalari mavjud bo‘lishini va tashrif buyuruvchilarni ulardan bepul asosda erkin foydalanishini ta'minlashi shart”.

    Biroq, loyihada ushbu sanitariya-gigiena shoxobchalarida aynan qanday buyumlar bo‘lishi lozimligi aniqlashtirilmagan.

    Bundan tashqari, tadbirkorlarga “mazkur shahobchalar va ularda bo‘lishi lozim bo‘lgan buyumlardan iste'molchilarning bepul asosda erkin foydalanishini ta'minlash” majburiyatini yuklash iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim.

    Chunki, ushbu talab tadbirkorlik sub'ektlari uchun qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarga sabab bo‘lib, ular moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu normaning maqsadga muvofiqligi masalasini qayta ko‘rib chiqish lozim.

    SSP Matbuot xizmati

    13.08.2021

    16:55

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06