Chirchiq shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Chirchiq shahrida Toshkent viloyati prokurori, Chirchiq shahar hokimi, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Chirchiq shahar Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi rahbari, Bosh vazir qabulxonasi shahar boʼlinmasi boshligʼi, 4 ta sektor rahbarlari hamda masalaga oid mutassaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda turli sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining yer ajratish, kredit, elektr taʼminoti, kadastr, soliq imtiyozlari kabi 34 ga yaqin masalalar koʼrib chiqildi.
Mavjud muammolar ijrosi yuzasidan tegishliligi boʼyicha mutassaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud boʼlmagan murojaatlar boʼyicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi, hamda loyihalarini takomillashtirish boʼyicha amaliy yordam berilishiga kelishildi.
13.08.2021
17:26