Toshkent viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyatida tadbirkorlik sub'ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar faoliyatidagi muammolar, qiyinchiliklar va to‘siqlarni aniqlab, ularni bartaraf etishga ko‘maklashish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha Chirchiq shahrida Chirchiq shahar prokurori X.Bo‘riev boshchiligida Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tasarrufidagi Chirchiq shahar Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari R.Najimov, Bosh vazir qabulxonasi shahar bo‘linmasi boshlig‘i M.Yoqubov hamda tegishli mutassaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tadbirkorlik sub'ektlarining turli sohadagi xususan, yer ajratish, kredit, elektr ta'minoti, kadastr, soliq imtiyozlari kabi 15 ga yaqin masalalar ko‘rib chiqildi. 4ta murojaat joyida xal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha vaqt talab etadigan muammolar ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutassaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
Bu kabi uchrashuvlar Respulika bo‘ylab amalga oshirilmoqda.
16.08.2021
12:21