O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan yana bir tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga Palata a'zosi “ZENATKOR TEMIR BETON BUYUMLARI” MChJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.
Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan “ZENATKOR TEMIR BETON BUYUMLARI” MChJ faoliyatida soliq auditi o‘tkazilgan va yakuni bo‘yicha 2021 yil 5-maydagi 377-sonli qaror rasmiylashtirilgan.
O‘z faoliyati to‘xtab qolmasligi va soliq auditi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish maqsadida “ZENATKOR TEMIR BETON BUYUMLARI” MChJ tomonidan viloyat soliq boshqarmasiga soliq auditi yakuni bo‘yicha qabul qilingan qaror ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida murojaat qilgan. Biroq, soliq boshqarmasi tomonidan asossiz ravishda rad javobi berilgan.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan Palata a'zosining murojaati atroflicha o‘rganib chiqilib, viloyat soliq boshqarmasiga nisbatan soliq auditi yakuni bo‘yicha qabul qilingan 2021 yil 5 maydagi 377-sonli qaror ijrosini to‘xtatib turmaslikda ifodalangan xarakatsizligini qonunga xilof deb topish xaqida sudga arizasi bilan murojaat qilingan.
Jizzax tumanlararo ma'muriy sudining qarori bilan Palataning arizasi qanoatlantirilib, viloyat soliq boshqarmasi mas'ullarining qaror ijrosini to‘xtatib turmaslikda ifodalangan xarakatsizligini qonunga xilof deb topilgan va, shu tariqa, Palata a'zosining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilingan.
16.08.2021
17:22