Chinoz tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʼtkazildi.
Joriy yilning 14 avgust kuni Chinoz tumanida Toshkent viloyati hokimi boshchiligida, viloyatning toʼrtta sektor rahbarlari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʼi, tijorat banklari va soliq organlari vakillari ishtirokida mahalliy tadbirkorlik subʼektlari bilan ochiq muloqot boʼlib oʼtdi.
Mazkur uchrashuvda ishtirok etgan 26 nafar mahalliy tadbirkorlik subʼektlarining turli sohalardagi, xususan, yer ajratish, kredit, kommunal tarmoq, logistika masalalari va soliq imtiyozlari kabi 32 ga yakin masalalari koʼrib chiqildi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etildi.
Yechimi vaqt talab qiladigan ayrim murojaatlarning ijrosi yuzasidan tegishliligi boʼyicha masʼul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
17.08.2021
12:14